Saudiya Arabistoni klubi Krishtianu Ronalduga katta taklif tayyorlamoqda.
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisiga "Al Hilol" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi insayder Fabricio Romano.
"Krishtianu Ronaldu bilan "Al Hilol"ga yaqin odamlar aloqaga chiqdi. Klub aqldan ozdiruvchi taklif bilan chiqishga tayyorgarlik ko'ryapti.
Biroq bitta qiziq jihat bor. Menga "Al Hilol" yanvar oyida o'yinchilarni qo'lga kirita olmasligini aytishgandi. Ular faqat yozda sotib olishlari mumkin. SHuning uchun hozir bu amalga oshishi qiyin", – dedi Romano.
Oldinroq "Eshitdik-da" rukni ostida 37 yoshli futbolchi Urugvay bilan bahsdan keyin yuristlar bilan ko'rishgani xususida malum qilgan edik.
Osiyo chempionati. O'zbekiston ayollar terma jamoasi eng ko'p finalchi bilan ishtirok etadi
Tayson Fyuri Usik bilan revanshga ikki hafta qolganida qanday holatda ekanligini ko'rsatdi (FOTO)
Sergey Bogachukning promouteri Madrimovga qarshi bekor bo'lgan jangga munosabat bildirdi