Ushbu g'alabadan keyin Lionel Messining kiyim almashtirish xonasida erda yotgan Meksika TJ libosini oyog'i bilan surib yuborgandagi videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bunga boks bo'yicha super o'rta vaznning mutlaq chempioni Saul Alvares: “Messi men bilan uchrashib qolmaslik uchun Yaratganga iltijo qilsin! Messining futbolka va bayrog'imiz bilan pol artayotganini ko'rdingizmi? Argentina Meksikani hurmat qilgan bo'lsa, biz ham Argentinani shunday hurmat qilishimiz kerak! Men Argentina haqida gapirmayapman, Messi va uning qilgan ishlari haqida gapiryapman. Meksika futbolkasi polda ekan, bu biz uchun haqorat", deya munosabat bildirgandi.
Meksikalik charm qo'lqop ustasi ushbu murojaati uchun uzr so'radi.
“Oxirgi kunlarda vatanimga bo'lgan hissiyot hamda muhabbat meni qamrab oldi va keraksiz izohlarni qoldirdim. SHu tufayli Messi va Argentina xalqidan uzr so'ramoqchiman.
Har kuni qandaydir yangi narsalarni o'rganamiz va endigi navbat menga”, deb tvit qoldirgan Kanelo.
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi