SportUz.Net

Levandovski 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

17.11.2022 14:23    


Rasmni yuklab olish

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatining navbatdagi 3 ta turini o'tkazib yuboradi.

Polshalik futbolchi La Liga 14-turi doirasida “Osasuna”ga qarshi kechgan bahsning (2:1) 31-daqiqasida ikkinchi sariq qartochkani ishlab oldi va maydonni erta tark etdi. U hakamga hujumkor ishora qilgani uchun maxsus qo'mita tomonidan uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

SHu tariqa Robert Levandovski “Barselona”ning Jahon CHempionatidan keyin bo'lib o'tadigan “Espanol”, “Atletiko” Madrid va “Betis”ga qarshi o'yinlarida jamoasiga yordam bera olmaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: