SportUz.Net

Fati motociklchini urib yubordi

15.11.2022 14:23    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" hujumchisi Ansu Fati avtoturargohda motociklchini urib yubordi, deya xabar berdi "Carrusel Deportivo".

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchisi mashinasini avtoturargohga qo'yayotganda motocikl bilan to'qnashgan. Manbaga ko'ra, motocikl haydovchisining to'pig'i singan. Futbolchi jabrlanuvchini darhol shifoxonaga olib borgan.

20 yoshli Fati joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Barselona" hujumchisi Ispaniyaning Qatarda bo'lib o'tadigan JCH uchun qaydnomasiga kiritilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: