"Al Garafa" (2004 yilgacha "Al-Ittihod" deya nomlangan) 1979 yilda tashkil topgan. "Al Garafa" Qatar yuqori divizioni - Yulduzlar ligasi ishtirokchisi sanaladi. Ayni paytda jamoani serbiyalik mutaxassis Slavisha Yokanovich boshqaradi. U ilgari "Partizan", "Muangtong Yunayted", "Levski", "Erkules", "Uotford", "Makkabi", "Fulxem" kabi klublarda ishlagan. Slavisha Yokanovich 2019 yildan etiboran «Al Garafa»ni boshqarmoqda.
Tarkibda yulduz o'yinchilardan Ku Ja CHol va Sofian Xanni singari taniqli futbolchilar bor. «Al Garafa» joriy mavsum Qatar Yulduzlar ligasida 21 o'yinda 30 ochko to'plab 6-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati: 36-33.
«Al Garafa» jamoasi ilk bor 2006 yilgi mavsumda OCHL guruh bosqichida o'ynagan va shu kungacha ushbu musobaqada jami 53 o'yin o'tkazgan. «Al Garafa» o'tkazilgan uchrashuvlarda 17 g'alaba, 11 durang va 25 mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati: 77-90.
AGMK 2019 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida o'ynagandi. O'shanda jamoamiz dastlab Olmaliqda Tojikistonning «Istiqlol» jamoasini (4:2) mag'lub etgan va guruh bosqichiga chiqish uchun hal qiluvchi bahsda esa Saudiya Arabistoni klubi «Al Nassr»ga (0:4) yutqazgandi.
«Al Garafa»ga qarshi bo'lajak o'yin AGMK uchun OCHL doirasidagi 3-o'yinga aylanadi. Hozircha AGMK hisobida 1 g'alaba va 1 mag'lubiyat mavjud. To'plar nisbati: 4-6.
AGMK jamoasi 7 aprel kuni Dohadagi «Suhaim Bin Hamad» stadionida mezbon «Al Garafa» bilan OCHL guruh bosqichi yo'llanmasi uchun kurashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:20da boshlanadi.
OCHL-2021. Pley-off bosqichi o'yini.
7 aprel, chorshanba.
«Al Garafa» — AGMK
Doha, "Suhaim Bin Hamad" stadioni.
Hakamlar: Ali Sabah Adday Al-qaysi, Hayder Abdulhasan Ali Ubaydee, Ameer Davud Husseyn Alvindavi, Feras Tavil
Nazoratchi: Naser Darvish Mustafa Algafari
Komissar: Ali Jebril
Boshlanish vaqti: 20:20
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda