SportUz.Net
photo photo

"Bavariya" sport direktori: "Keyn – dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri"

24.10.2022 17:50    


Rasmni yuklab olish

Hasan Salihamijich anchadan buyon Myunxen klubi qiziqishi doirasida deb qaralayotgan futbolchi haqida gapirdi.

"Tottenxem" hujumchisi Harri Keyn bir qancha vaqtdan buyon jamoani tark etgan Robert Levandovskining o'rnini bosishi mumkinligi aytib kelinayotgan edi. 

SHu oy boshida nemis giganti tomonidan bo'layotgan chorlov borasida Angliya terma jamoasi sardoridan so'rashdi va u bu xabarlarni rad etar ekan, shunday deya javob qaytardi: "Albatta, "Bavariya" eng yuqori darajadagi jamoalardan biri, top-klub, biroq mening bor etiborim "Tottenxem"ga qaratilgan".

Yakshanba kuni "Bayern Insider" podkastida klub sport direktori Salihamijich ushbu maqtovga javob qaytardi: "U dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri. Lekin biz boshqa klub bilan shartnomasi bo'lgan futbolchilar haqida gapirmaymiz. Biz yozda juda ko'p ishni amalga oshirdik va o'ylaymanki, butun mavsum uchun juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Biz qishki transfer oynasida faol bo'lmaymiz".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: