SportUz.Net
photo photo

Al Garafa - AGMK o'yinini boshqaradigan hakamlar guruhi malum

05.04.2021 17:00    


Rasmni yuklab olish

7 aprel kuni Qatarning Doha shahrida bo'lib o'tadigan OCHL pley-off doirasidagi Al Garafa - AGMK uchrashuvini kim boshqarishi malum bo'ldi.

OFK bo'lajak o'yin rasmiylarini elon qildi. Unga ko'ra, o'yinni iroqlik Ali Sabah Adday Al-qaysi boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Ali Sabahga qanotlarda Hayder Abdulhasan Ali Ubaydee va Ameer Davud Husseyn Alvindavi ko'maklashadi. Zaxira hakami sifatida esa suriyalik Feras Tavil ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi etib Iordaniya vakili Naser Darvish Mustafa Algafari tayinlangan. Uchrashuv komissari esa falastinlik Ali Jebril.

OCHL-2021. Pley-off bosqichi o'yini.
7 aprel, chorshanba.
«Al Garafa» — AGMK
Doha, "Suhaim Bin Hamad" stadioni.
Hakamlar:
Ali Sabah Adday Al-qaysi, Hayder Abdulhasan Ali Ubaydee, Ameer Davud Husseyn Alvindavi, Feras Tavil
Nazoratchi: Naser Darvish Mustafa Algafari
Komissar: Ali Jebril
Boshlanish vaqti: 20:20



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: