SportUz.Net

Messi jarohat JCHda o'ynashga halal berishidan havotir olmoqda

15.10.2022 09:50    


Rasmni yuklab olish

Messi jarohat sabab jahon chempionatini o'tkazib yuborishdan qo'rqmoqda.

"Bu jahon chempionati avvalgilaridan farq qiladi, chunki boshqa vaqtda o'tkazilmoqda. Turnirga juda oz vaqt qoldi va har qanday mayda narsa seni chetlatib qo'yishi mumkin. 

Dibala va Di Mariya bilan bo'lgan holat meni ham bezovta qilmoqda. Bunday narsalarni ko'rganingda yanada qo'rqinchili bo'ladi. Ammo eng yaxshisi - maydonga chiqib o'ynash va bu haqida o'ylamaslik. 

O'zingni odatdagidek tuta olish to'g'ri qaror bo'ladi. Maydonda o'ynash formada qolishning eng yaxshi yo'li. Umid qilamanki, ular tiklana olishadi. Bunga vaqt etarli. Va barchasi yaxshi bo'ladi", - dedi Messi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: