SportUz.Net

Futzal. Bugun uchinchi o'rin uchun Tailandga qarshi o'ynaymiz

08.10.2022 08:50    


Rasmni yuklab olish

Bugun, 8 oktyabr kuni Quvaytda davom etayotgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogining hal qiluvchi uchrashuvlari o'tkaziladi.

Musobaqada qatnashayotgan O'zbekiston termasi bugun uchinchi o'rin uchun o'ynaydi. Ushbu bahsda vakillarimizga Tailand terma jamoasi raqiblik qiladi. 

Finalda esa Eron hamda Yaponiya terma jamoalari kurash olib boradi. 


Uchinchi o'rin uchun: 

19:00. Tailand – O'zbekiston  

22:00. Eron – Yaponiya  

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritib, chorak finalda mezbon Quvaytni mag'lub etgandi. Yarim finalda esa Yaponiyaga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. 

Bugungi bellashuvda futzalchilarimizga omad tilaymiz. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: