SportUz.Net
photo photo

"Oltin to'p" malumotlari internetga sizib chiqdi

01.10.2022 14:50    


Rasmni yuklab olish

2022 yilda "Oltin to'p"ga Karim Benzema ega chiqadi.

Top-10 likdagi 4 nafar futbolchi "Real" azosi.

Agar bugun turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ishonadigan bo'lsak, 2022 yilgi "Oltin to'p" sovrini ovoz berish natijalari allaqachon malum bo'lib ulgurgan. Unda eng yuqoridagi 13 nomzod va ularning qancha ochko jamg'argani aks etgan. 

"Real"da o'tgan mavsumdagi fantastik o'yini bilan barchani lol qoldirgan Karim Benzema 27 ochko bilan bosh sovringa ega chiqadi. SHuningdek, kuchli uchlikdan Sadio Mane va  Muhammad Saloh joy olgan. Top-10 likda "qirollik klubi"dan 4 ta nomni ko'rish mumkin: Karim Benzemadan, Vinisius Junior, Luka Modrich va Tibo Kurtua. 

"Real" sardori Karim Benzema o'tgan mavsum 46 ta o'yinda 44 ta gol urib, jamoasining Ispaniya La Ligasi va UEFA CHempionlar Ligasida zafar quchishida katta hissa qo'shdi.

Bu yilgi tantanali marosim 17 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: