SportUz.Net
photo photo

"Liverpul" "Emireyts"da "Arsenal"ni taslim etdi, Jotadan dubl

04.04.2021 07:25    


Rasmni yuklab olish

Angliya chempionati 30-turidan o'rin olgan yana bir markaziy uchrashuvda mersisaydliklar chiroyli g'alabaga erishishdi.

"Emireyts" stadionida Londonning "Arsenal" klubi mehmoni bo'lgan "Liverpul" 3:0 hisobidagi yirik g'alabani tantana qildi. 61-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Diogu Jota uchrashuv qahramoniga aylandi. Aynan u dubl sohibiga aylandi. Yana bir gol Muhammad Saloh hisobiga yozildi.   

Arsenal – Liverpul 0:3

«Emireyts» stadioni

Gollar: 0:1 – 64 Diogu Jota, 0:2 – 68 Saloh, 0:3 – 82 Diogu Jota.

Arsenal – Leno, Tirni (Soaresh, 45), Gabriel, CHembers, Xolding, Parti, Edegor, Sebalos (El-Nenni, 58), Pepe, Lyakazett, Obameyang (Martinelli, 77).

Liverpul – Alisson, Kabak (Uilyams, 84), Robertson (Diogu Jota, 61), Fillips, Aleksander-Arnold, Fabino, Milner, Saloh, Tiago Alkantara, Mane, Firmino (Veynaldum, 78).

Ogohlantirishlar: Diogu Jota (73), Gabriel (90).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: