Franciyaning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Mbappe 28 ta gol bilan Yuriy Jorkaeff bilan birgalikda 10-o'ringa joylashgan. Mbappe terma jamoada hozircha 58 ta o'yin o'tkazgan. Jorkaeff esa 82 ta o'yinda franciyaliklar sharafini himoya qilgan.
Franciya terma jamoasida gol urish bo'yicha Terri Anri (51 ta gol) rekordchi hisoblanadi.