"Tuxel juda iqtidorli murabbiy hisoblanadi. U katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Lekin biz klub rahbariyati bilan hamkorlikda ishlashdan manfaatdor bo'lgan murabbiyga ega bo'lishni istardik. Tomasga kelsak, u biz bilan fikr almashayotganiga ishonchimiz komil emasdi. Bizda jamoani qurish bo'yicha umumiy qarash yo'q edi", – dedi Boeli.
49 yoshli Tuxel "CHelsi"ni 2021 yilning yanvaridan 2022 yilning sentyabrigacha boshqardi. London klubi uning qo'l ostida CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi, UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibiga aylandi.
Kutilmagan xabar. UFC 320 turniri mezbonligi Meksikadan olib qo'yildi, yangi lokaciya malum!