Britaniyaning "The Sun" tabloidi malumotlariga ko'ra, ukrainalik o'yinchi haftasiga 150 ming funt ishlab topadi. SHu tariqa, Zinchenko har bir mavsumda 7,8 million funt ishlab oladi.
"Arsenal"da faqat Gabriel Jezus (13,78 million funt) va Tomas Parti (10,4 million funt)ning maoshi unikidan yuqori.
Zinchenko o'tgan yozda "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga o'tgan edi.