SportUz.Net

Xavi Obameyang ketganidan afsusda

03.09.2022 17:25    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "CHelsi"ga o'tgan Per-Emerik Obameyang haqida fikr bildirdi.

33 yoshli gabonlik transfer oynasining so'nggi kunida "CHelsi"ga o'tdi.

"Obameyang ketganidan juda afsusdaman, chunki u bizga ham maydonda, ham uning tashqarisida ko'p yordam berdi. U ajoyib yigit. Uning statistikasi aql bovar qilmas darajada. U shaxs sifatida xazina edi, har doim tabassum qilib turardi", – dedi Xavi.

Obameyang Kataloniya klubiga 2022 yilning yanvarida kelib qo'shilgan edi. U klub safida 23 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: