Timur Kapadze shogirdlari mazkur yig'in doirasida koreyalik tengdoshlariga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi. Uchrashuvlar 23 va 26 sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Xvason shahrida bo'lib o'tadi.
23 sentyabr
Koreya Respublikasi — O'zbekiston
26 sentyabr
Koreya Respublikasi — O'zbekiston
Eslatib o'tamiz, championat.asia sayti 21 avgust kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreya bilan o'ynashi haqida xabar bergan edi.