SportUz.Net
photo photo

"Barselona" Veynaldumga yiliga 8 mln evro maosh taklif qildi

30.03.2021 09:50    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" va yarim himoyachi Jorjino Veynaldum bitimni uzaytirish borasida kelisha olishmadi.

Amaldagi shartnoma 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. O'yinchi bilan shartnoma imzolash borasida hozirda "Barselona" klubi ishlamoqda.

Kataloniya klubi 30 yoshli futbolchiga 3 yillik shartnoma va yiliga 8 million evrolik maosh taklif qilmoqda. Veynaldum joriy mavsum barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: