SportUz.Net

“Man Siti” himoyachisi jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi

30.07.2022 11:50    


Rasmni yuklab olish

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola shogirdi Emerik Lyaportning holati bo'yicha malumot berdi.

“Lyaport jarohat olgan. U operaciya qilindi. O'tgan mavsumning bir qator o'yinlarini jarohat bilan o'tkazdi va aql bovar qilmas kuch sarfladi, ammo endi bunday qilolmaydi.

Hozir u o'zini yaxshi his etmoqda. Muammo tizza bilan bog'liq bo'lgani uchun ehtiyot bo'lish lozim. Agar hammasi ijobiy kechsa, u sentyabrda safga qaytadi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: