SportUz.Net
photo photo

Haqqoniy goli inobatga olinmagan Ronaldu murojaat bilan chiqish qildi

28.03.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralash bahslari doirasida Serbiyaga (2:2) qarshi bellashuvdagi munozaralai vaziyat bo'yicha bayonot berdi.

“Portugaliya terma jamoasi sardori bo'lish – bu mening hayotimdagi eng sharafli va quvonarli holat. Men yurtim uchun borimni berishga tayyorman va bu munosabat hech qachon o'zgarmaydi. Ammo shunday qiyin vaziyatlar bo'ladiki, undan nafaqat biz balki butun millat aziyat chekadi. Boshingizni ko'taring va keyingi chaqiriqni hoziroq qabul qiling! Olg'a, Portugaliya” deya o'zining Instagramdagi sahifasida post qoldirdi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, Serbiya-Portugaliya (2:2) uchrashuvining hakam tomonidan qo'shib berilgan 3-daqiqasida Ronaldu raqib darvozasini ishg'ol etishga urindi. Ammo mezbonlar himoyachisi so'nggi soniyalarda to'pni darvoza chizig'idan qaytarib qolishga erishdi. To'p chiziqni to'liq kesib o'tishga ulgurgan bo'lsada, hakamlar Krishtianuning golini inobatga olishmadi. Qanot hakamiga bosim o'tkazishga uringan Ronaldu bosh hakam tomonidan ogohlantirildi. SHundan keyin portgaliyalik hujumchi sardorlik bog'ichini, echib maydonga uloqtirgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: