SportUz.Net

Bilasizmi? Sergeev o'ynayotgan “Tobol”da evrokubok guruh bosqichiga chiqish uchun hali imkon bor

17.07.2022 10:50    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning “Tobol” klubi ECHL 2022/23 yilgi mavsum 1-saralash raundida ikki o'yin (0:0, 1:5) natijasiga ko'ra, "Ferencvarosh"ga yutqazib, musobaqa bilan erta xayrlashdi.

Igor Sergeev javob bahsida gol urib, CHempionlar Ligasida (saralash+final raundi) gol urgan 6-o'zbekistonlikka (mahalliylashtirilganlari bilan birga) aylandi.

Biroq, kostanayliklarda bu mavsum evrokubok guruh bosqichiga chiqish uchun hali imkon bor. Jamoa Konferenciyalar Ligasi 2-saralash raundiga yo'l oldi. Ularga bu bosqichda Gibraltarning “Linkoln Red Imps” jamoasi raqiblik qiladi. Dastlabki uchrashuv 21 iyul kuni, keyingisi esa 28 iyulda o'tkaziladi.

“Tobol” ushbu bosqichdan o'tsa, 3-saralash raundi va pley-off uchrashuvi qoladi. Musobaqa yangi mavsumining guruh bosqichi esa 8 sentyabrda start oladi.

Eslatib o'tamiz, “Tobol” o'tgan mavsum 3-kvalifikaciya raundida muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Igor Sergeev esa hozircha Konferenciyalar Ligasi saralashida 4 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golni o'z hisobiga yozishga ulgurgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: