
Londonning "CHelsi" klubi 31 yoshli senegallik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "CHelsi" "Napoli"ning Kulibali bo'yicha moliyaviy talabini qondirishga tayyor. London klubi senegallikni himoyani kuchaytirish uchun ustuvor variant sifatida ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kulibalining "Napoli" bilan shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi. Oldinroq Italiya OAVlari senegallik futbolchi faoliyatini "Napoli"da yakunlamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqatgandi. Kalidu "Barselona" va "Yuventus" takliflarini rad etgandi.
2021/2022 yilgi mavsumda Kulibali “Napoli” safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

LIVE Bogdan Guskov jang qiladigan UFC 323 turnirining erta prelim janglari yakunlandi
Yana bir g'alaba: Fazliddin Erkinboev ilk bosqichda Qirg'iz Respublikasi bokschisidan ustun keldi