Blatter hamda Platini firibgarlik, noto'g'ri boshqaruv, ishonchni suiistemol qilish va qimmatli qog'ozlarni qalbakilashtirishda ayblangandi. Kecha, 8 iyulda esa SHveycariya sudi sobiq rahbarlarni aybsiz deb topib, ularni oqladi.
Avvalroq, SHveycariya Bosh prokaraturasi Blatter va Platinini 2011 yilda 2 mln shveycariya franki (taxminan 2,08 mln dollar)ni noqonuniy ravishda o'zlashtirganlikda ayblagandi. Ular buni rad etib, to'lov Platinining 1998-2002 yillardagi konsalting faoliyati bilan bog'liqligini takidlashdi.