SportUz.Net
photo photo

"Barselona", "Bavariya", PSJ va "CHelsi" Dembelega shartnoma taklif qilishdi

23.06.2022 19:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembeleda to'rt klubdan taklif bor.

Kataloniya klubidan tashqari 25 yoshli francuzga "Bavariya", PSJ va "CHelsi" shartnoma taklif qilishdi.

Qayd etish kerakki, hujumchi hali "Barselona"ning taklifiga javob bermadi. U klubda qolishni xohlaydi, ammo kataloniyaliklar rahbariyati taklifni yaxshilamoqchi emas.

Dembele yaqin kunlarda kelajagi borasida qaror qabul qiladi.

Dembele o'tgan mavsum "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 13ta assist qayd etdi. Hujumchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: