SportUz.Net
photo photo

FIFA reytingi elon qilindi: O'zbekiston 4 yildan keyin 80talikka qaytdi

23.06.2022 15:25    


Rasmni yuklab olish

Bugun FIFA o'z saytida yangilangan reytingni chop etdi.

Unga ko'ra Braziliya hamon 1-o'rinda bormoqda. Belgiya ikkinchi o'ringa joylashgan bo'lsa, Argentina Franciyadan o'tib uchinchi o'ringa chiqib oldi. Kuchli o'nlikka Meksika o'rniga Daniya terma jamoasi kirib oldi. 

Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamiz 6ta pog'ona yuqoriladi va 83-o'rindan 77-o'ringa chiqib oldi. Takidlash lozimki, 2018 yilda terma jamoamiz 72-o'rindan pastga qarab tusha boshlagan va 2019, 2020 va 2021 yillarda 80-o'rindan pastda bo'lgan. Nihoyat 4 yillik tanaffusdan keyin O'zbekiston 80talikka kira oldi.

TOP-10:

1. Braziliya — 1837
2. Belgiya — 1821
3. Argentina — 1770
4. Franciya — 1764
5. Angliya — 1737
6. Ispaniya — 1716
7. Italiya — 1713
8. Niderlandiya — 1679
9. Portugaliya — 1678
10. Daniya — 1665


Osiyoda TOP-15:

23. Eron — 1558
24. Yaponiya — 1552
28. Janubiya Koreya — 1526
39. Avstraliya — 1483
49. Qatar — 1441
53. Saudiya Arabistoni — 1435
69. BAA — 1346
70. Iroq — 1338
75. Ummon — 1323
77. O'zbekiston — 1306
78. Xitoy — 1304
85. Bahrayn — 1289
86. Iordaniya — 1279
89. Suriya — 1265
94. Falastin — 1233
95.Qirg'iz Respublikasi - 1232
97.Vetnam - 1218
100.Livan - 1211
104.Hindiston - 1198
108.Tojikiston - 1179

To'liq ro'yxat bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: