SportUz.Net
photo photo

Valverde "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

24.03.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

O'z terma jamoalariga chaqirilmagan "Real" o'yinchilari kecha mashg'ulotlarni davom ettirishdi.

Yarim himoyachi Federiko Valverde trenajyor zalida shug'ullandi va chap oyog'idagi noqulaylik sabab maydonga chiqmadi.

22 yoshli futbolchining tiklanishi ikki hafta vaqt olishi mumkin va bu uning "Liverpul"ga qarshi o'yindagi ishtirokini shubha ostiga oladi.

Toni Kroos, Tibo Kurtua, Serxio Ramos, Rafael Varan, Ferlan Mendi, Luka Modrich va Andrey Lunin terma jamoaga yo'l olishdi, Kroos esa sonidagi jarohat sabab Madridga qaytadi. Eden Azar va Dani Karvaxal yakka tartibda shug'ullanishdi. Mariano Dias va Alvaro Odriosola esa ham zalda, ham maydonda mashg'ulot qilishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: