Xosep Gvardiola "Manchester Siti" xo'jayini shayx Mansur bilan uchrashdi.
Uchrashuvda shuningdek, klub direktorlar kengashi raisi Xaldon al Muborak ham qatnashdi. "SHaharliklar" murabbiyi Mansur bir Zayid al-Nayyan bilan Angliya chempionatidagi g'alaba va 2022/23 yilgi mavsum uchun rejalarni muhokama qildi.