O'zbekistonlik forvard ikkinchi bo'limda maydonga tushdi va juda muhim golni urishga erishdi.
O'yindan so'ng SHomurodov Corriere dello Sport'ga o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Murabbiyga kerak bo'lganda doim tayyor bo'lishga harakat qilaman. Faqatgina durangga erishganimiz achinarli, sababi biz "Veneciya"ni mag'lub etmoqchi va Evropadagi ishtirokimizni kafolatlamoqchi edik.
Ammo, men jamoa bilan faxrlanaman, endi diqqatimizni jamlashimiz kerak, sababi oldimizda Konferenciyalar Ligasi finali qoldi", - deydi hujumchi.
Dvalishvili qanday holatda Umar Nurmagomedovga qarshi revansh jang bo'lishini aytdi