SportUz.Net
photo photo

"Real" Ronalduning transferi borasida bir qarorga keldi

20.03.2021 13:25    


Rasmni yuklab olish

Madridning "Real" klubi bosslari "Yuventus"da o'ynayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu uchun katta mablag' sarflamoqchi emaslar.

"Qirollik klubi" 36 yoshli futbolchiga moliyaviy inqiroz sabab ramziy mablag' taklif qilishga tayyor. Bundan tashqari ispan grandi bitimga yarim himoyachi Iskoni qo'shishi mumkin. Krishtianuga kelsak, unda faqatgina bir yillik mehnat shartnomasi bo'ladi.

Portugaliyalik futbolchining "keksa sinora" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Ronaldu joriy mavsum A Seriya doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 3ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: