SportUz.Net

PSJ Dembelega bir mavsum uchun 17 mln evro maosh taklif qildi

30.04.2022 13:00    


Rasmni yuklab olish

PSJ "Barselona" hujumchisi Usmon Dembelega moliyaviy nuqtai nazardan yaxshi shartnoma taklif qildi.

Bu haqda Toni Xuanmarti xabar bermoqda. Parijliklar bir necha kun oldin vingerga toza 17 million evrolik maosh bo'yicha taklif berishdi, shuningdek katta bonus puli ham vada qilishdi.

Dembele o'ylab olish uchun pauza oldi. O'yinchi uchun maqsad "Barselona" bilan shartnomani uzaytirish edi. Futbolchi ispan klubida qolish uchun maoshining pasayishiga ham tayyor.

Francuzning Kataloniya klubi bilan hozirgi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 24 yoshli futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 11ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: