SportUz.Net
photo photo

"Barselona" sobiq futbolchisini PSJdan qaytarmoqchi

12.04.2022 19:25    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" PSJ yarim himoyachisi Xavi Simonsga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubi parijliklar bilan shartnomasi joriy yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan 18 yoshli tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi. SHu bilan birga PSJ niderlandiyalikni saqlab qolmoqchi va unga kelishuvni uzaytirishni taklif qildi.

Simons 2021/22 yilgi mavsum PSJ tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 3 million evroga baholamoqda.

Simons PSJga 2019 yilning iyulida kelgan edi, bunga qadar u 9 yil "Barselona" akademiyasida shug'ullangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: