Argentinalik boshqarayotgan "Atletiko" MYUni CHempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yini (1:0, ilk o'yin - 1:1)da "Old Trafford"da mag'lub etdi.
Hushtak chalinganidan so'ng argentinalik tezda tribunalar ostiga yo'l oldi. Tribunadan esa unga turli xil buyumlar, jumladan plastik idishlar ham otildi.
"Manchester Yunayted" vakillari kameradan olingan videoyozuvni o'rganishmoqda. "Old Trafford"da maydonga yomon narsalarni otish taqiqlanadi, qoidabuzarlar esa uch yilgacha stadionga kirishni taqiqlash bilan jazolanadi.
Kutilmagan xabar. UFC 320 turniri mezbonligi Meksikadan olib qo'yildi, yangi lokaciya malum!