SportUz.Net

Barkamol avlod-2022. Jizzaxlik futbolchilar final bosqichi chempioniga aylanishdi

12.03.2022 21:25    


Rasmni yuklab olish

Uch kun davomida Qashqadaryo viloyati mezbonlik qilgan Barkamol avlod-2022 sport o'yinlari final bosqichidan o'rin olgan futbol musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Qarshi shahridagi stadionlarda respublikamizdagi akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari futbol bo'yicha eng kuchli hudud nomiga aniqlik kiritish maqsadida to'p surishdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra, Jizzax viloyati terma jamoasi futbolchi-yoshlari respublikada tengsiz ekanliklarini namoyish etishdi va musobaqaning oltin medallariga ega chiqishdi.

Faqatgina Jizzax viloyatiga qarshi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ygan surxondaryolik futbolchilarga musobaqaning ikkinchi pog'onasidan joy olish nasib etgan bo'lsa, 3-o'rin bilan Xorazm viloyati terma jamoasi taqdirlandi.

G'olib va sovrindorlarga musobaqa tashkiliy qo'mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari ham topshirildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: