SportUz.Net
photo photo

"CHelsi"ning sobiq xo'jayini: "APL klublarini xorijliklarga sotishni taqiqlash kerak"

13.03.2021 10:25    


Rasmni yuklab olish

"CHelsi"ning sobiq xo'jayini Ben Beytsning aytishicha, APL klublarini xorijliklarga sotish bo'yicha taqiq qo'yish lozim.

"Manchester Yunayted" va "Liverpul" amerikaliklarga tegishli. Ularning dastlabki aytgan gaplari: "keling, Premer-Liga klublarini ikkitaga qisqartiramiz" bo'lgandi. 

Gap shundaki, Angliya futbol associaciyasi juda kuchsiz. Buni tashkilot boshqaruv kengashida bo'lganimda tushungandim. 

Ular klublarni xorijliklarga sotish taqiqini qo'yishlari lozim. Ko'p pul chetga ketib qolmoqda va ular xech qanday soliq to'lashmayapti. 

Hukumat chetdan sotib olingan har qanday futbolchi uchun 25 dan 30 foizgacha soliq qo'yishi kerak. 

Bu mamlakatdagi xorijiy futbolchilar sonini kamaytiradi va ingliz futbolchilarining ingliz ligasida o'ynash imkoniyatlarini kamaytiradi", - dedi o'z vaqtida klubini rossiyalik Roman Abramovichga sotgan Beyts. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: