SportUz.Net

SHomurodov "Sassuolo"ga qarshi o'yinda Abraxamning o'rniga maydonga tushishi mumkin

12.02.2022 12:50    


Rasmni yuklab olish

Rimning "Roma" klubi murabbiylar shtabi yakshanba kungi o'yin oldidan Temmi Abraxam haqida qayg'urmoqda.

Bu haqda romapress xabar bermoqda.

Angliyalik futbolchi "Inter"ga qarshi Italiya Kubogi doirasidagi o'yinning so'nggi daqiqalarida paylaridan jarohat oldi. Bosh murabbiy Joze Mourinyu uning o'rniga Feliksni tushirdi.

Abraxam jarohatidan so'ng mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etmadi, u klub murabbiylar shtabi bilan individual mashg'ulotlar bilan cheklandi. Ammo, Mourinyu uning to'laqonli mashg'ulotlarga qaytishiga umid qilmoqda.

Agar 24 yoshli futbolchi bugungi mashg'ulotlarni noqulayliklarsiz o'tkazsa, unda u jamoa bilan Rejo-Emiliyaga yo'l oladi.

Klub uning sog'ayib ketishiga umid qilmoqda. Agar u to'liq o'zini tayyor his qilsa ham, u bilan tavakkal qilinmaydi. Bu holatda asosiy tarkibda angliyalikning o'rnini katta ehtimol bilan o'zbekistonlik forvard Eldor SHomurodov egallaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: