SportUz.Net

Gruziyada yil futbolchisi va to'purari bo'lgan futbolchi "Navbahor"ga o'tdi

19.01.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

Namanganning "Navbahor" jamoasi hali selekciya ishlarini tugatgani yo'q.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Navbahor" serbiyalik hujumchi Zoran Marushich bilan kelishgan.

Zoran Marushich 2021 yilda "Dinamo" (Tbilisi) safida Gruziya chempionatida 16ta gol urgan holda mavsum to'purari bo'ldi. Bundan tashqari u Gruziya chempionatining eng yaxshi hujumchisi, eng yaxshi legioneri va eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Marushich chempionat ramziy terma jamoasidan ham o'rin oldi.

1993 yilda tug'ilgan futbolchi bungacha "Sloga", "Vojdovac", "Borcha", "Temnich", "Sloboda" (hammasi Serbiya), "Slaviya", "Krupa" (ikkalasi Bosniya va Gercegovina), "Dnyapro" va "Neman" (ikkalasi Belarus) kabi klublarda o'ynagan.

Malumot uchun, Marushichning transfermarkt portalidagi narxi 450 ming evroga teng.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: