SportUz.Net

Turkiya terma jamoasi himoyachisi avtohalokat oqibatida vafot etdi

11.01.2022 17:50    


Rasmni yuklab olish

Turkiya terma jamoasi va "Konyaspor" himoyachisi Axmet Jalik 27 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. O'yinchi YTX qurboni bo'ldi. Jalik boshqargan avtomobil trassadan chiqib ketdi va ag'darilib ketdi. Axmet olingan jarohatlar natijasida halok bo'ldi.

Himoyachi Turkiya terma jamoasi tarkibida 8ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urishga erishgan.

Jalik joriy mavsum Superliga doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushdi. Uning jamoasi 20 turdan so'ng etakchi "Trabzonspor"dan 7 ochko ortda qolgan holda, jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: