SportUz.Net

Rasmiy xabar: "Paxtakor" yangi bosh murabbiyi nomini elon qildi

11.01.2022 13:25    


Rasmni yuklab olish

"Paxtakor"ni SHimoliy Makedoniyadan bo'lgan mutaxassis boshqaradi.

47 yoshli murabbiy Slavche Voyneski bilan klubimiz o'rtasida 2022 yil oxiriga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekildi. Bitim tomonlarning xohishi bilan mavsum davomida uzaytirilishi mumkin.

Voyneski SHimoliy Makedoniyada turli toifadagi yoshlar terma jamoalarida uzoq muddatli faoliyati bilan tanilgan. U 1999-2004 yillar oralig'ida o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida ishlagan. 2004-09 yillarda esa milliy terma jamoada yordamchi murabbiy sifatida mehnat qilgan. Asosan Srechko Katanec va Drago Kanatlarovskiga yordam bergan. SHundan keyin Turkiyada "Elazigspor", "Genchlerbirligi", "Gaziantepspor" va "Rizespor" klublari murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. 2019 yil Slovakiyaning "Sered" klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan. U yoshlar bilan tizimni yo'lga qo'yish orqali yaxshi ishlagan mutaxassis sifatida baholanadi.

Umid qilamizki, Slavche Voyneskining "Paxtakor"dagi faoliyati muvaffaqiyatli va sovrinlarga boy kechadi. "Paxtakor"ga xush kelibsiz, Slavche!", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.

Slavche VOYNESKI
Tug'ilgan sanasi
: 1974 yil 28 aprel.
Fuqaroligi: SHimoliy Makedoniya, UEFA "Pro" licenziyasiga ega.
Faoliyati: 1996-2003 "Metallurg" Skope (yordamchi murabbiy, bosh murabbiy, yoshlar bo'limi rahbari)
2004-09 SHimoliy Makedoniya U-17, U-18, U-19 terma jamoalari bosh murabbiyi
2009-2014 SHimoliy Makedoniya milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi
2015 "Elagigspor" jamoasi yordamchi murabbiyi
2016 "Genchlerbirligi" jamoasi yordamchi murabbiyi
2016-17 "Gaziantepspor" jamoasi yordamchi murabbiyi
2017-18 "Rizespor" jamoasi yordamchi murabbiyi
2019 "Sered" jamoasi bosh murabbiyi.


Eslatib o'tamiz, 7 yanvar kuni Championat.asia sayti ushbu murabbiy "Paxtakor" bosh murabbiyi bo'lishi haqida yozgan edi.  




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: