SportUz.Net

MYU Pogbaga haftasiga 500 ming funt maosh taklif qilgani haqiqatmi? Ushbu xabarga aniqlik kiritildi

08.01.2022 08:25    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning agenti klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar bo'lib o'tganini rad etdi.

Avvalroq, MYU Pogba uchun haftasiga 500 ming funt maosh taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Yozda futbolchining MYU bilan shartnomasi yakunlanadi. Pogba agar sharnomasini uzaytirmasa, erkin agentga aylanadi. 

"OAVda tarqalgan malumotlarga aniqlik kiritmoqchimiz. Polda so'nggi oylarda shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif bo'lmagan. 

U hozir bor etiborini jarohatdan forig' bo'lishga va tezroq jamoaga yordam berishga qaratgan", - dedi Pogbaning vakili.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: