"Jenoa" bosh murabbiyi Andrey SHevchenko A Seriya 16-turi doirasidagi "Yuventus"ga qarshi uchrashuvdan nimalarni kutmoqda?
"Boshlanishi bunchalik qiyin bo'lishini kutganmidim? Albatta, qiyin bo'lishini bilardim, taqvimni ko'rgandim. Lekin bunchalik ko'p jarohatlar bo'lishini kutmagandim. Jarohatlar tufayli bizga ancha qiyin bo'lmoqda.
"Yuventus" – har doim "Yuventus". Eng kuchli futbolchilarga ega katta jamoa. Ular mag'lubiyatni tezda unutib, bir zumda o'nglanishga qodir.
Allegrida juda sifatli jamoa bor, u – top-murabbiy. Allegri ajoyib motivator, qiyin vaziyatda jamoani qanday boshqarishni biladi. U buni ming marta ko'rsatgan", – dedi SHevchenko.
"Yuventus" - "Jenoa" uchrashuvi bugun Turinda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.
"U diqqat markazda bo'lishni va boshqalar ustidan hukmronlik qilishni istaydi" - CHendler
APLda eng ko'p seyv qilgan darvozabon malum. Uning jamoasi eng kam gol o'tkazib yubordi