SportUz.Net

Messi joriy mavsum CHempionlar Ligasi bosh favoritlarini aytdi

23.11.2021 20:50    


Rasmni yuklab olish

PSJ hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum CHempionlar Ligasi favoritlarini aytdi.

"Ko'plab insonlar PSJni CHempionlar Ligasi uchun bosh davogar deyishmoqda. Men buni rad etmayman, PSJ qog'ozda bosh davogarlardan biri, ammo biz yo'limizning endigina boshidamiz. Biz o'ynashimiz va haqiqiy jamoaga aylanishimiz kerak. Bizning ixtiyorimizda ushbu maqsadni amalga oshirish uchun dunyoning eng zo'r futbolchilari yig'ilgan.

CHempionlar Ligasini yutish uchun shuningdek "Real", "Manchester Siti", "Bavariya"  va "Atletiko" bosh davogar hisoblanadi. Yana ko'plab jamoalar bor", - deydi Messi.

Messi joriy mavsum PSJ libosida 9ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: