SportUz.Net
photo photo

Klopp jarohatlar haqida: "Xalqaro tanaffuslarni yomon ko'raman"

20.11.2021 11:50    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp terma jamoa tarkibida jarohat olgan Xenderson va Robertson haqida gapirib o'tdi.

"Terma jamoalar o'yini vaqtidagi tanaffusni yomon ko'raman. Bazida ular jarohatdan tiklanish tomonlama yordam bersa ham. Terma jamoa murabbiylarining o'z maqsadlari bor va ular futbolchilar asosan jismoniy tomonlama ishlashi lozim deb fikrlaydilar. Bu tanaffus bizning zararimizga bo'ldi. Yaxshisi, butun hafta davomida o'ynagan bo'lardik. 

Xendo va Robbo jamoa bilan haliyam mashg'ulotlar o'tkazgani yo'q. Ular tiklanmoqda. O'yin oldidan ular borasida aniq qarorni qabul qilamiz", - dedi Klopp. 

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" bugun APLning 12-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: