SportUz.Net
photo photo

"Bosh vazir kubogi" yana "Oliy sud" jamoasiga nasib etdi FOTOREPORTAJ

11.11.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

Salkam bir hafta davom etgan va ellikka yaqin jamoalar ishtirok etgan mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasidagi ananaviy Bosh vazir kubogi turniri nihoyasiga etdi.

Dastlab musobaqaning uchinchi o'rin uchun bahsi tashkil etildi. Unda «Agro Markaz» jamoasi Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarni rivojlantirish vazirligi futbolchilarini 3:0 hisobida mag'lub etib, musobaqaning bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Nihoyat, hal qiluvchi final o'yini.

Muhtasham «Bunyodkor» stadionida ikki jamoa saf tortdi – «Bosh vazir kubogi»ning ikki karra g'olibi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Moliya vazirligi jamoalari.

Havaskor jamoalarga nisbatan professional klublarga mos tarzda kechgan o'yinda Oliy sudning tajribali futbolchilari raqiblarini yirik – 5:0 hisobida mag'lub etib, uchinchi bor turnirning bosh sovrini – «Bosh vazir Kubogi»ni qo'lga kiritishdi.

Musobaqaning yopilish hamda g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi ham tantanali ravishda tashkil etildi.

O'zbekiston turizm va sport vaziri o'rinbosari Avazbek Karimov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi masul xodimi Rashid Tolipov, Oliy sud raisi Kozimjon Karimov, Moliya vazirligi vakili Ulug'bek Abduqahhorov avvaliga bir qator jamoalar vakillarini «Halol o'yin va faol ishtiroki uchun» nominaciyalarida rag'batlantiruvchi sovg'alar bilan mukofotladilar.

So'ng bronza, kumush va oltin medallarni o'z egalariga topshirishdi, tadbirning kulminacion nuqtasi esa Oliy sud jamoasiga «Bosh vazir kubogi»ning taqdim etilishi bo'ldi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: