SportUz.Net
photo photo

Qarshida o'tgan O'zbekiston chempionatida poytaxtlik yosh futbolchilar birinchi bo'lishdi + FOTO

14.10.2021 18:25    


Rasmni yuklab olish

Qarshi shahridagi “Nasaf” futbol akademiyasi stadionida 2008 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

CHempionatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari ishtirok etishdi.

To'rt kun davom etgan musobaqaning final bosqichiga Toshkent shahri jamoasi va mezbolar etib kelishdi. Final uchrashuvida poytaxtlik yosh futbolchilar qarshilik tengqurlarini 4:2 hisobida mag'lub etib, faxrli birinchi o'rinni egallashdi. Qarshilik futbolchilar kumush medallarni qo'lga kiritishgan bo'lsa, chempionatning ikkita uchinchi o'rni Farg'ona va Toshkent viloyati jamoalariga nasib etdi.  

SHuningdek, musobaqa yakuniga ko'ra, turli nominaciyalar bo'yicha ham eng yaxshi futbolchilar aniqlandi. Unga ko'ra, musoboqaning “Eng umidli o'yinchisi” Toshkent viloyati terma jamoasi azosi Saidqodir Botirxo'jaevga,  “Eng yaxshi darvozabon” Toshkent shahri terma jamoasi posboni Ibrohim SHokirovga, “Musoboqa to'purari” Farg'ona viloyati terma jamoasi futbolchisi Akobir Mo'minovga, “Musoboqaning eng yaxshi o'yinchisi” Qashqadaryo viloyati terma jamoasi azosi Sardor Kenjaevga nasib etdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida O'zbekiston futbol associaciyasi vakillari, "Nasaf" futbol klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev, “Nasaf” jamoasi darvozaboni Umidjon Ergashev, shu klub himoyachisi SHerzod Nasrullaev hamda jamoa legioneri Marko Stanoevichlar ishtirok etib, g'olib va sovrindor jamoalarni qutlashdi.

SHavkat RO'ZIEV, Qashqadaryo viloyati futbol mahorat maktabining manaviyat-marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: