SportUz.Net
photo photo

Futzal. Portugaliya - jahon chempioni!

04.10.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Litvada futzal bo'yicha jahon chempionati yakuniga etdi.

Musobaqaning hal qiluvchi bahsida amaldagi jahon chempioni Argentina hamda dunyoning etakchi jamoalaridan biri hisoblangan Portugaliya maydonga chiqdi. 9-daqiqada Argentina futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatildi va bu ham o'yinga jiddiy tasir ko'rsatdi. 15-daqiqada Varela Portugaliyani hisobda oldinga olib chiqdi. 28-daqiqada esa Varela dublga erishdi hamda oradagi farqni oshirdi. Janubiy Amerika vakillaridan faqatgina Klaudino gol urib, hisobni qisqartirdi. Ammo uning goli jamoasiga yordam berolmadi. Yakuniy hisob — 1:2.


Futzal. Jahon chempionati

Final

Argentina — Portugaliya 1:2

Gollar: 0:1 — 15 Pani, 0:2 — 28 Pani, 1:2 — 28 Klaudino.

Argentina (birinchi beshlik): Sarmiento, Taborda, Basile, Brandi, Klaudino. 

Zaxira: Staccone, Ressiya, Bolo-Alemani, Borruto, Santos, Kuccolino, Vaporaki, Edelshtayn, Farach.

Portugaliya (birinchi beshlik): Bebe, Sesiliu, Koelyu, Matush, Rikardinyu; 

Zaxira: Andre, Paku, Afonzu, Ziki, Erik, Pani, Britu, Kastru, Ugu.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: