SportUz.Net
photo photo

"Arsenal" "Real" yarim himoyachisi uchun kurashga qo'shildi

24.09.2021 16:25    


Rasmni yuklab olish

"Malorka"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etgan Madridning "Real" klubi o'yinchisi Marko Asensio transfer yangiliklarida eng ko'p nomi tilga olinayotganlardan biri.

Oldinroq xabar berilganidek, yarim himoyachi "qaymoqranglilar" tarkibida o'yin amaliyoti kamligidan norozi, ammo klubdan ketmasdan, o'zini Karlo Anchelottiga ko'rsatmoqchi.

"Yuventus" va "Liverpul"ning omadsiz urinishlaridan so'ng "Arsenal" ham ispan bilan aloqaga chiqdi.

"To'pchilar" Asensioga jamoadagi muhim o'yinchi statusini berishga tayyor. Londonliklar boshqa davogarlardan o'tib ketish uchun futbolchini qishdayoq xarid qilishmoqchi. Transfer narxi 30 mln evro atrofida bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: