SportUz.Net
photo photo

Vadim Abramov o'z vaqtida terma jamoada qancha maosh olganini malum qildi

31.08.2021 11:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov "Alter Ego" loyihasiga intervyu berdi.

- O'zbekiston terma jamoasida 250 million so'm oylik olganingiz rostmi?
- Bilasizmi, 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogi vaqtida men terma jamoadan 1 million 200 ming so'm oylik olardim. O'sha paytda bu taxminan 200 dollarga teng edi. O'shanda oyligim hech kimga qiziq emasdi-ku. "Bunyodkor"da ham, O'zbekiston terma jamoasida ham mendan oldin ishlagan murabbiylardan kamroq maosh oldim. Mening oyligim haqida aytayotgan insonlar Ektor Kuperning maoshini ham aytishsin, "Bunyodkor"da mendan oldin ishlagan murabbiylarning oyligini ham malum qilishsin. SHunda adolatdan bo'ladi.

- Kuperning maoshi qancha edi?
- Uning oyligi qancha ekanini bilmayman.

- Bilasiz, shunchaki aytmaysiz...
- Men OAVda chiqqan xabarlar orqali bilaman xolos, yiliga 1,2 million dollar olganini o'qiganman.

- Deyarli 2 million...

- Ana ko'rdingizmi siz mendan yaxshiroq bilar ekansiz. Men boshqa odamlarning maoshi bilan qiziqmayman. Bitta savol bor: maoshlarga kim qiziqadi o'zi?

- Xalq talab qiladi, xalq kim qancha oylik olayotganini bilishni xohlaydi.

- Tushunarli, rahmat.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: