Futbolchi "Arsenal" bilan yana ikki yillik, 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasini bekor qilishga rozilik bergan. SHu orqali u 20 million funt klubning hisobida qolishini istagan.
"CHelsi"dan "Arsenal"ga o'tganidan keyin uning faoliyatida pasayish bo'lmoqda. Braziliyalik futbolchi zaxirada o'tirib qolib, maoshini olishni istamayapti. SHu boisdan u jamoani tark etmoqda.
Vinger faoliyatini "Korintians"da davom ettiradi. Bu erda u haftasiga 240 ming funt maosh oladi. Bu esa "Arsenal"dagi maoshidan 70 foizga kam degani.
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"