Qarshidagi "Markaziy" stadionda o'tadigan bahs 20:00da start oladi. Bugungi o'yin g'olibini saralashning yarim finalida Hindistonning "Mohun Bagan" klubi kutib turibdi.
Kecha Janubiy mintaqaning "D" guruhi 3-turida "Mohun Bagan" (Hindiston) klubi "Bashundxara Kings" (Bangladesh) bilan durang (1:1) o'ynadi. SHu tariqa Hindiston klubi guruhda g'olib chiqdi va "Nasaf"/"Ahal"ning keyingi bosqichdagi raqibiga aylandi.
"Nasaf" bu bosqichda ham zafar quchsa, Inter zonal finaliga chiqadi va yana o'z maydonida o'ynaydi. Raqib Gonkongning "Li Man" klubi bo'ladi.
Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bu o'yinda ham g'olib bo'lishsa, OFK kubogi finaliga chiqishadi. Finalga G'arb mintaqasidagi to'rtta klubdan biri chiqadi.
G'ARBIY MINTAQA FINALI
"Al Muharraq" - "Al Ahad" g'olibi - "Al Kuvayt" - "Al Salt" g'olibi
INTER ZONAL YARIM FINAL
"Nasaf" - "Ahal" g'olibi - "Mohun Bagan" (Hindiston)
INTER ZONAL FINAL
Inter zonal yarim final g'olibi - "Li Man" (Gongkong)
OFK KUBOGI-2021 FINALI
G'arbiy mintaqa finali g'olibi - Inter zonal final g'olibi
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi