SportUz.Net
photo photo

Ro'ziqul Berdiev: "Superligadagi natijalarimiz ertaga futbolchilarning kayfiyatiga tasir qilmaydi"

24.08.2021 15:25    


Rasmni yuklab olish

OFK kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvidan oldin matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va Husayn Norchaev ishtirok etdi.

"Ertangi o'yinga tayyorgarligimiz ko'ngildagidek o'tdi. Futbolchilarimiz har tomonlama tayyor. Raqibimiz "Ahal" ajoyib jamoa. Ularning o'yinlarini ko'rganda haqiqatdan ham futbol o'ynashini, turli sxemalardan foydalanishlarini, individual kuchli futbolchilarga egaligiga amin bo'ldik. O'ylaymanki, qiziqarli bahs kutmoqda. Maydonda bor kuchimizni ishga solib kerakli natijaga erishishimiz zarur", - deydi Ro'ziqul Berdiev. 

"Ahal" jamoasini etarlicha o'rganib chiqdik. Munosib hozirlik ko'rdik. Muxlislarni xursand qiladigan natija qayd etishga harakat qilamiz",- deydi Husayn Norchaev.


- "Nasaf"da bir necha yillardan beri faoliyat ko'rsatib kelyapsiz. Turkman futbolining qaysi jihatlari bizdan ortda yoki ustun? 

- Aytish kerakki, Turkman jamoalari bilan oldin ham bir necha marotaba to'qnash kelganmiz. Ularning milliy terma jamoa o'yinlarini ko'p kuzatamiz. Bizga o'xshash tomonlari bor. Texnikaga tayangan holda taktik futbol ko'rsatadi. Menimcha futboldagi mentalitet bir-biriga o'xshash. Alabatta darajasi turlicha bo'lishi mumkin. O'zbekistonda futbol o'yinlari yaxshi tashkil qilinib barqaror o'tib kelmoqda. Ularda pandemiya sababli ichki chempionat bahslari o'tkazilayotgani yo'q. Qaysidir manoda jamoamizga asqotishi mumkin. O'zbekiston va Turkmaniston tabiati ham deyarli bir xil. Issiqda ham, sovuqda ham futbol o'ynay olishadi. SHunga yarasha yigitlarni maksimal darajada tayyorlashga harakat qildik. Raqibning ikkita o'yinlarini ko'rib chiroyli futbol ko'rsatishiga guvoh bo'ldik. Bosh maqsadimiz yurtdoshlarimizni g'alaba bilan xursand qilish. 

- "Nasaf" OFK kubogida g'olib chiqish uchun Superligani qurbon qilyapti degan gaplar qanchalik haqiqatga yaqin?

-Har xil gaplarga ishonaverish kerakmas. Har bir musobaqadagi o'yinlarga maksimal darajada harakat qilyapmiz. Qaysidir o'yinda yutyapmiz yoki ochko yo'qotmoqdamiz. Bor imkoniyatimizni ishga solmoqdamiz. Muxlislardan bunday gaplarga etibor bermasliklarini so'rab qolardim. 

- Superligadagi natijalar jamoaning kayfiyatiga tasir qilayotgani yo'qmi?

-  So'nggi turlarda Superliganing etakchi jamoalari bilan o'ynadik. O'ylaymanki, ertangi bahsda yigitlarning kayfiyatiga tasir qilmaydi. Jamoani ichida bo'lganim uchun futbolchilar har tomonlama tayyor ekanligini ko'rib turibman. 

- Legioner mahalliy futbolchidan bir bosh ustun bo'lishi kerak. "Nasaf"ga yozgi transferlar oynasi vaqtida yangi xorijlik futbolchi kelib qo'shildi. Andriya Kaluderovich jamoaga qay darajada qo'shilib keta oldi? Ertangi o'yinda uning qanchalik yordami tegishi mumkin? Legioner borasida sizda havotir bormi?

- Yangi legionerimiz jamoaga kirishib ketdi. Har qanday chetdan kelgan futbolchini yaxshi qabul qilishimiz kerak. Biz shunga etibor qaratamiz. Andriyada tajriba bor. Unlan Superligada to'purar bo'lishni talab qilmasligimiz mumkin. Lekin kerakli o'yinda yordam bersa bo'lgani. Ertangi bahsga yuqori kayfiyatda tayyorgarlik ko'rmoqda.SHunday ekan havotirga o'rin yo'q. Eng yaxshi tayyorgarlikka ega futbolchilarni tushiramiz. Darvozabonimiz jarohat olgan, bilasizlar. Abduvohid Nematov kamida bir yoki ikki oyni o'tkazib yuborishi ehtimoli bor. 

- "Nasaf" ayni paytda xalqaro maydonda ishtirok etayotgan O'zbekistonning yagona jamoasi bo'lib turibdi. Tabiiyki muxlislar klubdan chempionlikni kutadi. Bu futbolchilarga ortiqcha bosim yuklamaydimi?

-  Menimcha yo'q. OFK kubogida yaxshi start oldik. Ikkinchidan oradan ancha vaqt o'tdi. Jamoamizning qanchalik imkoniyatga egaligini yaxshi bilamiz. Futbolchilarning ruhiy tayyorgarligini yaxshi olib borishga intilmoqdamiz. Ertaga ham bosimni engishga tayyormiz. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: