Bu La Liga 1-tur doirasidagi "Selta" (2:1)ga qarshi o'yinda ro'y berdi.
Vigo jamoasiga qarshi o'yin Oblak uchun "matraschilar" tarkibida 304-si bo'ldi. 28 yoshli sloveniyalik Madrid klubida 303ta o'yin o'tkazgan Abel Resinoni ortda qoldirdi.
Oblak "Atletiko"da 2014 yildan beri o'ynaydi. U Madrid klubi tarkibida La Liga, Evropa Ligasi, Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi. U Samora Mukofoti (Ispaniya chempionatining mavsumdagi eng yaxshi darvozaboniga beriladi)ning 5-karra egasi hisoblanadi.
Malumot uchun, Yan Oblak 2020/21 yilgi mavsum "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 46 ta o'yin o'tkazdi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Yuragi bo'shlarga tavsiya etilmaydi! Jangdan so'ng fojiali tarzda vafot etgan bokschilar. TOP-10.